Abstract
Maqolada talabalik davriga xos stressogen vaziyatlar (o'quv-akademik, ijtimoiy-kommunikativ, shaxsiy va maishiy) psixologik jihatdan tahlil qilingan, ularning talaba shaxsi va o'quv faoliyatiga ta'siri yoritilgan. Stressga nisbatan barqarorlikni shakllantiruvchi omillar: vaziyatni kognitiv baholash, koping-strategiyalar, o'z-o'zini boshqarish, frustratsion tolerantlik va ijtimoiy-pedagogik muhit ko'rib chiqilgan. Empirik qism natijalari asosida talabalarda stressga barqarorlikni oshirishda psixologik xizmatning o'rni asoslangan.