NANilufar Abidova

Nilufar Abidova

*This is an algorithmically generated author record based on publicly available information.

Nilufar Abidova has a total of 5 co-authors. Here are the top co-authors by number of shared publications:


Latest Publications

  • BOLALARDA O‘TKIR BUYRAK ZARARLANISHI BO‘LGAN BEMORLARNI YO‘NALTIRISHDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAMNI TASHKIL ETISHNING TASHKILIY MUAMMOLARI

    by Surayyo Raximova, Zafar Safarov, Abdumajid Xamdamov, Botir Abdullayev, Narimon Islamov, Nilufar Abidova

    Bolalarda o‘tkir buyrak shikastlanishi zamonaviy pediatriya, bolalar nefrologiyasi va intensiv terapiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Mazkur patologiyada buyrak funksiyasining qisqa muddatli buzilishi ham og‘ir asoratlar, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi va o‘lim xavfining ortishi bilan bog‘liq. Ayniqsa, o‘tkir buyrak shikastlanishi bilan og‘rigan bolalarda bemorni o‘z vaqtida ixtisoslashgan markazga yetkazish, transport vaqtida tibbiy kuzatuvni ta’minlash va zarur davolash choralarini erta boshlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tajribasi asosida o‘tkir buyrak shikastlanishi bo‘lgan bolalarning markazga kelish yo‘llari, marshrutizatsiya tizimidagi tashkiliy kamchiliklar hamda shoshilinch tibbiy yordamni optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Tadqiqotga o‘tkir buyrak shikastlanishining turli etiologiyalari bilan davolangan 80 nafar bola kiritildi. Natijalar bemorlarning katta qismi ixtisoslashgan markazga tibbiy kuzatuvsiz yoki rasmiy yo‘naltirish tizimidan tashqari holda yetib kelayotganini ko‘rsatdi. Bu holat og‘ir asoratlar rivojlanish xavfini oshiradi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga ortiqcha yuklama tushishiga sabab bo‘ladi.

  • Open Access

    TUG‘MA YURAK NUQSONLARI FONIDA KECHUVCHI POLORGAN YETISHMOVCHILIGIDA PSOFA SHKALASINING KLINIK AHAMIYATI

    by Narimon Islamov, Zafar Safarov, Abdumajid Xamdamov, Botir Abdullayev, Nilufar Abidova

    Ushbu tadqiqotning maqsadi tug‘ma yurak nuqsonlari (TYuN) bilan og‘rigan 12–36 oylik bolalarda pSOFA shkalasining klinik ahamiyati va prognostik imkoniyatlarini baholashdan iborat. Retrospektiv kogort tahlili asosida intensiv terapiya bo‘limiga shok holatida yotqizilgan 50 nafar bemor (30 nafari vafot etgan, 20 nafari sog‘aygan) qamrab olindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, pSOFA shkalasining umumiy bali 6 dan oshishi yuqori o‘lim xavfidan (40,5%), 9 dan oshishi esa kritik holatdan (63,2%) darak beradi. Ayniqsa, nafas va buyrak tizimlarining bir vaqtda disfunksiyasi (>2 ball) vafot etgan bolalarning 94 foizida kuzatilib, qaytmas jarayonlarning erta belgisi sifatida aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, pSOFA shkalasi kichik yoshdagi bolalarda a’zolar yetishmovchiligini baholash va davolash taktikasini erta bosqichda to‘g‘ri belgilash uchun yuqori aniqlikka ega obyektiv vosita hisoblanadi.